Ofis va biznes markazlar
Xodimlar davomati, mehmonlar nazorati, umumiy zonalar videokuzatuvi va ishonchli ofis tarmog‘i — bitta loyihada. Turniket va Face ID HR tizimi bilan bog‘lanadi, kameralar arxivi 30 kundan saqlanadi.
To‘plam tarkibi
- ✓Face ID turniket va davomat hisobi
- ✓Kirish, koridor va parking kameralari
- ✓SKS, Wi-Fi va server xonasi
- ✓IP telefoniya va IT autsorsing
Ofis va biznes markazda xavfsizlik va IT infratuzilma bitta tizim sifatida ishlashi kerak: xodim kirishda Face ID orqali o‘tadi, davomat avtomatik HR tizimiga tushadi, kirish va koridorlar kameralar nazoratida, ish joylari barqaror tarmoq va Wi-Fi bilan ta’minlangan, telefoniya bitta ko‘p kanalli raqam orqali ishlaydi.
Biz ob’ektni o‘rganib, qavatlar rejasi bo‘yicha kameralar va turniketlar joylashuvini, server xonasi va kabel trassalarini loyihalaymiz. Ijarachilar ko‘p bo‘lgan binolarda har bir kompaniya uchun alohida kirish huquqlari va hisobotlar sozlanadi.
Ishga tushirilgandan keyin tizimga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi: muntazam profilaktika, masofadan monitoring va 24/7 qo‘llab-quvvatlash.
Yechim qanday shakllanadi
- 01
1. Ob’ekt turi
Ofis, turar-joy, savdo, ta’lim yoki ishlab chiqarish — mos to‘plamni tanlaymiz.
- 02
2. Moslashtirish
Ob’ektni ko‘rib, kameralar soni, kirish nuqtalari, tarmoq va server talablarini aniqlaymiz.
- 03
3. Loyiha va smeta
Uskuna va ish alohida ko‘rsatilgan smeta, muddat va bosqichlar bilan taklif yuboramiz.
Boshqa yechimlar
Turar-joy majmualari va ko‘p qavatli uylar
Podyezd domofonlari, hovli va parking kameralari, avtomobil uchun shlagbaum va raqam aniq…
Savdo: do‘kon, market, savdo markazi
Kassa zonasi va savdo zalini kuzatish, o‘g‘irlikni kamaytirish, filiallarni bitta markazd…
Ta’lim va tibbiyot muassasalari
Maktab, o‘quv markazi, klinika: kirishda turniket va davomat, ota-onalarga Telegram orqal…
Ishlab chiqarish va omborlar
Katta maydonlar uchun kameralar, perimetr nazorati, ombor Wi-Fi qoplamasi (skaner va term…
Ofis va biznes markazlar
Ob’ektingizga chiqib, aniq smeta tayyorlab beramiz.
Ob’ekt turi va taxminiy hajmni ayting — muhandis siz bilan bog‘lanadi.
