Innoline IT Company Logo
Xavfsizlik tizimlari · 02

Turniket va kirish nazorati (Face ID)

Ofis, korxona, o‘quv muassasasi va turar-joy majmualari uchun turniket, Face ID terminallar va elektron qulflar o‘rnatamiz. Tizim kim, qachon kirib-chiqqanini qayd etadi, davomat hisobotini avtomatik shakllantiradi va HR yoki 1C bilan integratsiya qilinadi. Mehmonlar uchun vaqtinchalik ruxsat, avtomobil kirish uchun shlagbaum va raqam aniqlash ham shu tizimga ulanadi.

Xizmatga nimalar kiradi

  • Tripod, shvedka va to‘liq bo‘yli turniketlar
  • Face ID, karta, barmoq izi, QR-kod
  • Davomat va ish vaqti hisoboti
  • 1C, HR va buxgalteriya tizimlari bilan integratsiya
  • Shlagbaum va avtomobil raqamini aniqlash
  • Elektromagnit qulflar va eshik kontrollerlari

Kirish nazorati tizimi binoga kim, qachon kirgan-chiqqanini aniq qayd etadi va begonalar kirishini cheklaydi. Ofislar, o‘quv markazlari, klinikalar, ishlab chiqarish va turar-joy majmualari uchun turniket, Face ID terminallar, karta o‘quvchilar va elektromagnit qulflarni o‘rnatamiz.

Identifikatsiya usuli ob’ektga qarab tanlanadi: Face ID — eng qulay va tez (niqob va ko‘zoynakda ham ishlaydi), karta — arzon, barmoq izi — kichik jamoalar uchun. Ko‘pincha karta + yuz kombinatsiyasi qo‘llaniladi. Mehmonlar uchun QR-kodli vaqtinchalik ruxsat, avtomobillar uchun raqam aniqlaydigan shlagbaum shu tizimga ulanadi.

Davomat ma’lumotlari HR tizimi yoki 1C bilan integratsiya qilinadi — kechikish va ortiqcha ish vaqti avtomatik hisoblanadi. Yong‘in signalizatsiyasi bilan bog‘lanish (avariya holatida turniket avtomatik ochilishi) majburiy tarzda sozlanadi.

Ish tartibi

  1. 01

    So‘rov va konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlaymiz, dastlabki yechim va taxminiy byudjetni taklif qilamiz.

  2. 02

    Ob’ektni o‘rganish va loyiha

    Joyga chiqib o‘lchaymiz, kamera va qurilmalar joylashuvi, kabel trassasi va smeta tayyorlanadi.

  3. 03

    Montaj va ishga tushirish

    Uskunalarni o‘rnatamiz, sozlaymiz va sinovdan o‘tkazamiz. Xodimlaringizni o‘qitamiz.

  4. 04

    Kafolat va xizmat ko‘rsatish

    Uskunaga kafolat, texnik xizmat shartnomasi va 24/7 qo‘llab-quvvatlash.

Turniket va kirish nazorati (Face ID)

Ob’ektingizga chiqib, aniq smeta tayyorlab beramiz.

Ob’ekt turi va taxminiy hajmni ayting — muhandis siz bilan bog‘lanadi.