Server o‘rnatish va sozlash
Ma’lumotlaringiz, 1C, CRM va ichki tizimlaringiz uchun ishonchli server infratuzilmasini quramiz. Uskunani tanlash va yetkazib berishdan tortib operatsion tizim, virtualizatsiya, domen (Active Directory), fayl va zaxira nusxa serverlarini sozlashgacha. Lokal, bulutli yoki gibrid — byudjet va talabga mos variantni taklif qilamiz. Ishga tushgach monitoring va muntazam profilaktika bilan tizim barqarorligini ta’minlaymiz.
Xizmatga nimalar kiradi
- ✓Server uskunasini tanlash va yetkazib berish
- ✓Windows Server, Linux, Active Directory
- ✓Virtualizatsiya (Proxmox, VMware, Hyper-V)
- ✓Zaxira nusxa va tiklash rejasi
- ✓1C, fayl va ma’lumotlar bazasi serverlari
- ✓Monitoring va 24/7 kuzatuv
Server — 1C, fayllar, ma’lumotlar bazasi va ichki tizimlaringiz ‘yashaydigan’ joy. Uni to‘g‘ri tanlash va sozlash ma’lumot yo‘qolishi, sekin ishlash va to‘xtab qolishlarning oldini oladi.
Uskunani ehtiyojga qarab tanlaymiz va yetkazib beramiz, operatsion tizimni (Windows Server yoki Linux) o‘rnatamiz, virtualizatsiya (Proxmox, VMware, Hyper-V) orqali bitta serverda bir nechta xizmatni ajratamiz, domen (Active Directory), fayl server, 1C va ma’lumotlar bazasi serverlarini sozlaymiz. Lokal, bulutli yoki gibrid — byudjet va internet sifatiga qarab to‘g‘ri variantni taklif qilamiz.
Har bir loyihada zaxira nusxa (3-2-1 tamoyili) va tiklash rejasi, UPS va monitoring majburiy qism hisoblanadi. Ishga tushgandan keyin muntazam profilaktika va 24/7 kuzatuv bilan barqarorlikni ta’minlaymiz.
Ish tartibi
- 01
So‘rov va konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlaymiz, dastlabki yechim va taxminiy byudjetni taklif qilamiz.
- 02
Ob’ektni o‘rganish va loyiha
Joyga chiqib o‘lchaymiz, kamera va qurilmalar joylashuvi, kabel trassasi va smeta tayyorlanadi.
- 03
Montaj va ishga tushirish
Uskunalarni o‘rnatamiz, sozlaymiz va sinovdan o‘tkazamiz. Xodimlaringizni o‘qitamiz.
- 04
Kafolat va xizmat ko‘rsatish
Uskunaga kafolat, texnik xizmat shartnomasi va 24/7 qo‘llab-quvvatlash.
Qaysi yechimlarda ishlatiladi
IT infratuzilma
Shu yo‘nalishdagi boshqa xizmatlar
Tarmoq infratuzilmasi (LAN, Wi-Fi)
Strukturali kabel tizimi, kommutatorlar, Wi-Fi qoplama, VPN va firewall.
Batafsil →IP telefoniya
Virtual ATS, IVR menyu, qo‘ng‘iroqlar yozuvi, CRM integratsiyasi.
Batafsil →IT autsorsing va texnik yordam
Kompaniyangizning IT bo‘limi — abonent to‘lov asosida, SLA bilan.
Batafsil →Server o‘rnatish va sozlash
Ob’ektingizga chiqib, aniq smeta tayyorlab beramiz.
Ob’ekt turi va taxminiy hajmni ayting — muhandis siz bilan bog‘lanadi.
