Innoline IT Company Logo
Dasturiy yechimlar · 11

CRM va biznes dasturlar

Mijozlar bazasi, savdo voronkasi va vazifalarni bir joyda yuritish uchun CRM (amoCRM, Bitrix24) joriy etamiz yoki biznesingizga mos maxsus dastur ishlab chiqamiz: ombor hisobi, ishlab chiqarish nazorati, xizmat ko‘rsatish so‘rovlari, hisobotlar. Mavjud 1C, telefoniya, sayt va botlar bilan integratsiya qilamiz — ma’lumot bir marta kiritiladi.

Xizmatga nimalar kiradi

  • amoCRM, Bitrix24 joriy etish va sozlash
  • Buyurtmaga veb va ish stoli dasturlari
  • Ombor, ishlab chiqarish, xizmat hisobi
  • 1C, telefoniya, sayt integratsiyasi
  • Boshqaruv hisobotlari va dashboardlar
  • Xodimlarni o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash

Mijozlar bazasi Excel va daftarlarda tarqalgan bo‘lsa, savdo yo‘qoladi. CRM barcha so‘rovlar, qo‘ng‘iroqlar va bitimlarni bir joyga jamlaydi, har bir mijoz bo‘yicha keyingi qadamni eslatadi va rahbariyatga real ko‘rsatkichlarni beradi.

amoCRM yoki Bitrix24 ni biznesingizga moslab joriy etamiz: savdo voronkasi, avtomatik vazifalar, telefoniya va sayt/Telegram integratsiyasi, hisobotlar. Tayyor tizimlar mos kelmasa — buyurtmaga dastur ishlab chiqamiz: ombor hisobi, ishlab chiqarish nazorati, xizmat ko‘rsatish so‘rovlari, boshqaruv dashboardlari.

Mavjud 1C, telefoniya, sayt va botlar bilan integratsiya qilamiz — ma’lumot bir marta kiritiladi. Xodimlarni o‘qitamiz va ishga tushgandan keyin qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ish tartibi

  1. 01

    So‘rov va konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlaymiz, dastlabki yechim va taxminiy byudjetni taklif qilamiz.

  2. 02

    Ob’ektni o‘rganish va loyiha

    Joyga chiqib o‘lchaymiz, kamera va qurilmalar joylashuvi, kabel trassasi va smeta tayyorlanadi.

  3. 03

    Montaj va ishga tushirish

    Uskunalarni o‘rnatamiz, sozlaymiz va sinovdan o‘tkazamiz. Xodimlaringizni o‘qitamiz.

  4. 04

    Kafolat va xizmat ko‘rsatish

    Uskunaga kafolat, texnik xizmat shartnomasi va 24/7 qo‘llab-quvvatlash.

CRM va biznes dasturlar

Ob’ektingizga chiqib, aniq smeta tayyorlab beramiz.

Ob’ekt turi va taxminiy hajmni ayting — muhandis siz bilan bog‘lanadi.