1. Turniket turi. Tripod — eng arzon va ixcham, 20–30 kishi/daqiqa o‘tkazadi, ofis va o‘quv markazlari uchun yetarli. Shvedka (swing) — chiroyli, nogironlar aravachasi va yuk o‘tishi mumkin, biznes markazlar uchun. To‘liq bo‘yli — qo‘riqchisiz kirish nuqtalari va ishlab chiqarish uchun.
2. Identifikatsiya usuli. Karta — arzon, lekin berib yuborish mumkin. Barmoq izi — ishlab chiqarishda qo‘l iflos bo‘lsa xato beradi. Face ID — eng qulay: 0,3 soniyada aniqlaydi, niqob va ko‘zoynakda ishlaydi, yuz bazasi 3 000–50 000 gacha. Ko‘pincha karta + yuz kombinatsiyasi tanlanadi.
3. Face ID aniqligi. Terminalning ‘jonlilik’ tekshiruvi (liveness) bo‘lishi shart — aks holda telefon ekranidagi rasm bilan o‘tish mumkin. Yorug‘lik: terminal orqasidan deraza tushmasin. Kamerasi keng dinamik diapazonli bo‘lsin.
4. Integratsiya. Davomat ma’lumotlari HR tizimi yoki 1C ZUP’ga avtomatik tushishi kerak — aks holda buxgalter yana qo‘lda yig‘adi. Terminal ishlab chiqaruvchisining ochiq API yoki tayyor 1C moduli borligini so‘rang.
5. Favqulodda holat. Yong‘in signalizatsiyasi ishlaganda turniket avtomatik ochilishi (fail-safe) shart. Elektr o‘chganda ham o‘tish yo‘li bo‘lishi kerak.
6. Mehmonlar. QR-kodli bir martalik ruxsat, qabulxonadan masofadan ochish tugmasi va mehmon jurnali — bularsiz qo‘riqchi baribir eshikni qo‘lda ochib o‘tiradi.
Xulosa: 30–150 xodimli ofis uchun standart yechim — 2 ta tripod turniket, Face ID + karta terminallari, 1C ZUP integratsiyasi va QR mehmon ruxsati. Innoline bunday tizimni loyihalash, o‘rnatish va 1C bilan integratsiya qilishda yordam beradi.
Savolingiz bormi?
Ob’ektingiz uchun qaysi yechim mos kelishini bepul maslahatlashamiz.
